1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Lavrov: AQSH Afg‘onistondan Rossiyaga qarshi foydalanadi

Rossiya TIV rahbarining aytishicha, AQSH ataylab suvni loyqalatadi.

Lavrov: AQSH Afg‘onistondan Rossiyaga qarshi foydalanadi

 

Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, jumladan, Markaziy Osiyodan Rossiya bilan qarama-qarshilikda front sifatida foydalanish uchun harakat qilmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. 

 

"G‘arb doimiy ravishda Rossiya Federatsiyasini “g‘azablantiradigan”, ikkinchi va uchinchi jabhalarni ochish uchun qo‘shimcha yo‘nalishlarni qidirmoqda. Afg‘onistonda koalitsiya deb ataladigan kuchlar parvozidan keyin juda og‘ir voqealar sodir bo‘lmoqda.

 

Maʼlumki, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda qolayotgan ISHIDni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Maqsad oddiy — Afg‘onistonning tinchlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bu yerda doimiy ravishda qandaydir beqarorlashtiruvchi jarayonlar sodir bo‘layotgani AQSH manfaatlaridan kelib chiqadi. Ular qo‘shni davlatlarga harbiy infratuzilmani qaytarish fikrini ham bejiz singdirmaydi", — deya xulosa qildi Lavrov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика