Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umrzoqov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda RF TIV rasmiy sayti xabar berdi.
Muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 19 noyabrdagi Moskvaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida fikr almashilgan. Shuningdek, tomonlar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalar istiqbollarini ko‘rib chiqqan.
O‘zbekiston va RFning MDH, SHHT doirasida hamda ikki tomonlama munosabatlari muhokama qilingan.
Avvalroq O‘zbekistonga Yaponiya TIV rahbarining tashrifi to‘g‘risida xabar berilgandi.


