O‘zbekiston birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova o‘zining Beverli-Xillsdagi Le Pale nomi bilan mashhur uyini 36 million dollarga sotib yubordi.
Saroyning sotuvchisi Tillayevlar oilasiga aloqador kompaniya bo'lgan. Ushbu kompaniya 2013-yilda Le Paleni 32,75 million dollarga sotib olgan. Tillayevlar bunga izoh berishni xohlashmagan.
Saroy yangi egasining kimligi noma'lum. U 2011-yilda Los-Anjeles hududida ko'plab hashamatli uylar qurgani aytilmoqda.
Uy Beverli-Xills mehmonxonasi yonida joylashgan. Saroyda yettita yotoqxona va 11 ta hammom, 200 nafar mehmonga mo‘ljallangan banket zali, galereya, 12 ta mashinaga mo‘ljallangan yer osti garaji va super kinoteatr mavjud. Shuningdek, ochiq va yopiq basseyn, to‘rtta atirgul bog‘i, oqqush hovuzi va ikkita favvora mavjud.


