Reuters agentlikning xabar berishicha, London, shuningdek, ayrim ko‘chmas mulk obyektlarining diplomatik maqomini bekor qilish va Rossiya diplomatlari uchun diplomatik vizalarning amal qilish muddatini cheklashga qaror qildi.
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Jeyms Kleverli bu harakatni Rossiyaning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi “yomon niyatli faoliyati”ga javob deb atadi. Londonda attashening Rossiya harbiy razvedkasi bilan bevosita aloqasi borligini daʼvo qilmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Londonga tegishli javob qaytarilishini maʼlum qildi.


