Londonda Birinchi "O‘zbekiston madaniyati kunlari" va Milliy taomlar festivali boshlandi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Tadbir Londondagi “Tower Bridge” yonida, yaʼni Temza daryosi bo‘yidagi “Potters Fields” bog‘ida bo‘lib o‘tmoqda.
“Potters Fields” bog‘ida tashkil etilgan gastronomik turizm paviloniga o‘zbek milliy taomlarini tatib ko‘rish uchun yig‘ilganlardan uzun navbat hosil bo‘ldi. Ayniqsa, palovni tatib ko‘rish ishtiyoqmandlarining soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda.


