Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike shu yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati favoritlari haqida fikr bildirdi.
“Argentina va Braziliya har doim favorit bo‘lib qoladi. Agar sizga eng kuchli jamoalar kerak bo‘lsa, FIFA ro‘yxatiga va so‘nggi oylarda eng ko‘p ochko to‘plaganlarga qarang”, - deya murabbiyning so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Turnirda 32 ta jamoa ishtirok etadi. Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi Fransiya terma jamoasi hisoblanadi.


