Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazishga tayyor.
"Uchalamiz shu yerda uchrashamiz. Bu urushni tugatish uchun amalga oshiriladi. Agar Bayden rozi bo'lsa, Polsha atrofiga men samolyot yuboraman. Men sizga Vladimir Vladimirovich Putin bu yerga kelishiga kafolat beraman, uchalamiz o‘tirib, barcha muammolarni shu yerda hal qilamiz.
Biz to'liq xavfsizlik, qulaylikni ta'minlaymiz. Va eng muhimi, u bu yerdan mamnun bo'lib uchib ketadi", — deydi Belarus rahbari.
Shu bilan birga, Lukashenko Bayden Minskka uchmasligiga ishonchi komil ekanini ham aytdi.
"Yo'q, u bu yerga kelmaydi. Lekin urushni to'xtatish bunga arziydi", — dedi prezident.
Ma'lumot uchun, Bayden 20-22-fevral kunlari Polshaga tashrif buyurmoqchi.


