1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Lukashenko Trampning prezident bo'lishi tarafdori

Uning aytishicha, Tramp urushni to'xtatishi mumkin.

Lukashenko Trampning prezident bo'lishi tarafdori

 

Belarus davlati rahbari AQShdagi saylovlar haqida gapirar ekan, prezidentlikka navbatdagi nomzod kim bo‘lishi va saylov poygasida g‘alaba qozonishi masalasi unchalik muhim emasligini ta’kidladi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.

 

Uning ta'kidlashicha, AQShda tegishli qarorlarni prezident emas, boshqalar qabul qiladi.

 

"Amerikada mashina ishlaydi, birorta ham prezident bu mashinaga qarshi chiqmaydi. Bayden ular nima deyishsa, shuni qiladi", — deydi Lukashenko.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp qat’iyroq va vaziyatni nazorat qilayotganlarga qarama-qarshi qarorlar qabul qilishi mumkin.

 

"Agar Tramp g'alaba qozonsa urushni tugatish bo‘yicha bergan va’dalarini qisman bo‘lsa-da bajarishi mumkin. Biz uning hokimiyatga kelishi va bugungi kunda Rossiyaga qarshi kurashayotgan NATO mashinasini to'xtatishiga umid qilamiz", — deydi Belarus rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика