1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Lukashenko: Zelenskiy butun Ukrainani yo‘qotishi mumkin

Belarus Prezidenti Ukrainaning tinchlik takliflarini rad etishi mamlakat hududiy yaxlitligi uchun xavf tug‘dirishini bildirdi.

Lukashenko: Zelenskiy butun Ukrainani yo‘qotishi mumkin

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina rahbariyatini tinchlik bo‘yicha takliflarni rad etmaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, davom etayotgan mojaro yanada keskinlashib, Kiyev butun mamlakat ustidan nazoratni yo‘qotishi mumkin.

 

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nafaqat muzokaralar olib borishi, balki taqdim etilgan shartlarni ham jiddiy ko‘rib chiqishi lozim. U, xususan, Donald Tramp tomonidan Vashingtonga olib ketilgan va muhokama qilinayotgan tinchlik tashabbusiga to‘xtaldi.

 

“Agar ukrainaliklar bu taklifni qabul qilmasa, vaziyat yanada og‘irlashadi. Bunday holda ular butun Ukrainani boy berib qo‘yishi mumkin”, – dedi Belarus rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика