1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Lukashenko Zelenskiyni “yaramas” deb atadi

Belorus rahbari Ukrainani hujumda aybladi.

Lukashenko Zelenskiyni “yaramas” deb atadi

 

Lukashenko Ukrainani Minsk yaqinida Rossiyaning A-50 samolyotiga hujum qilganlikda ayblab, Vladimir Zelenskiyni uch marta “yaramas” deb atadi.

 

“Prezident Zelenskiy shunchaki yaramas. Bunday amaliyotlar mamlakat rahbari va bosh qo‘mondonning roziligisiz amalga oshirilmaydi. Buni sizga prezident sifatida aytyapman”, — dedi Belarus rahbari.

 

Keyin u Ukrainaga Belarusga “tajovuz qilmaslik to‘g‘risida pakt” taklif qilgani haqidagi bayonotini takrorladi.

 

“Keling, tajovuz qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzaylik, rozi bo‘ling, siz bilan hech qanday muammomiz yo‘q. Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida bizga hujum qilmasligingiz haqida shartnoma imzolaylik, deyishgandi. Sizni eshitib keldik. Chaqiriq tashlandi”, —  dedi Lukashenko.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика