Madagaskarning shimoli-sharqiy qirg‘oqlari yaqinida kema halokatga uchradi. Uning bortida jami 130 nafar inson bo‘lgan. Voqea oqibatida 17 kishi qurbon bo‘ldi, ularning jasadlari suvdan olib chiqilgan. 60 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. 40 kishi qutqarib olindi. Bu haqda Sinxua xabar qildi.
Kema Antanambedan chiqib, Soanerana-Ivangoga qarab yo‘l olgan edi. Yo‘lda dvigatel xonasiga suv oqib kela boshladi, shundan so‘ng kema cho‘kib ketgan. Davlat port maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, cho‘kib ketgan yuk kemasi yo‘lovchi tashish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan.
Bundan avval Nigeriyada qayiqning halokatga uchrashi oqibatida 29 kishi qurbon bo‘lgani, shuningdek, Turkiyada to‘rtta sayohat kemasi yonib ketgani haqida xabar qilingandi.
Nasiba To'xtayeva


