1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Madaniyat talab qiladigan jamiyatning o‘zi ham madaniyatli bo‘lsin!

Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonavaning konsertida yuz bergan tartibsizlikka munosabat bildirdi.

Madaniyat talab qiladigan jamiyatning o‘zi ham madaniyatli bo‘lsin!

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsert dasturida muxlislarga qo‘pol ohangda gapirib, nomunosib munosabatda bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi. Madaniyat vazirligi holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida bo‘lib o‘tayotgan konsertning 12-mart kunidagi dasturida texnik nosozlik tufayli sahna pardasi to‘laligicha ochilmay qolgan va bunga tomoshabinlar eʼtiroz bildirgan. Xususan, ulardan biri qo‘pol ohangda baqirgan. Yulduz Usmonova buni haqorat deb tushungan va emotsiyaga berilib ketib, konsertga tashrif buyurgan tomoshabinlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

 

Shuni qatʼiy taʼkidlaymizki, sanʼatkor har qanday holatda ham ortiqcha his-hayajonga berilmay, vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi, o‘zini tuta bilishi, muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, ayniqsa, sahnada, muxlislar bilan muloqot jarayonida ularga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lib, hurmatini joyiga qo‘yishi shart. Bu uning maʼnaviy burchi hisoblanadi. Madaniyat vazirligi ushbu tartib-qoidalarga zid ravishda qilingan xatti-harakatlarni hech qachon yoqlamaydi va keskin qoralaydi.

Albatta, konsert-tomosha jarayonlarida tomoshabinlar chekiga tushadigan masʼuliyat ham borki, yurtdoshlarimiz masalaning ushbu jihatiga ham eʼtibor qaratishlari zarur. Yaʼni sanʼatkordan madaniyat talab qiladigan, unga eʼtiroz bildiradigan jamiyat ayni paytda jamoat joyida o‘zini tutishni bilmaydigan, etika qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, ommaning madaniy hordiq olishiga, kayfiyatiga salbiy taʼsir o‘tkazadigan va xalaqit qiladigan tomoshabinlarni tartibga chaqirib, kerak bo‘lsa, ularga tanbeh berishi ham lozim. Shunda hammasi adolatdan bo‘ladi, — deyiladi vazirlik munosabatida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика