1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Magistratura bosqichi uchun chet tili darajasi pasaytirildi

Endi yo‘nalishlarga qarab talab qilinadigan chet tili sertifikati B1’dan C1’gacha farqlanadi.

Magistratura bosqichi uchun chet tili darajasi pasaytirildi

 

“Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni ko‘ra, OTM magistraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Amaldagi tartibga ko‘ra, filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilinardi.

 

Yangi tartib bo‘yicha, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

 

  • xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida S1 darajasida;

  • gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida V2 darajasida;

  • boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida V1 darajasida bo‘lishi kerak.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика