2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.
Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.


