1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Magistraturaga qishki qabul boshlanmoqda

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Magistraturaga qishki qabul boshlanmoqda

 

O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlanmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Tanlov natijalari bakalavriat diplomining o‘rtacha ballari asosida aniqlanadi.

 

Maʼlumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

 

Muhim jihati o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

 

Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика