2022-yil 1-iyuldan Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Yaʼni, mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil etildi.
2022-yil 1-noyabrgacha mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada Hududiy shtablarga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
- xonadonlar ahvoli, oilalarning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji;
- oilalarga aniq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maʼlumotlar;
- murakkab operatsiyalarga, nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji bo‘yicha buyurtmalar;
Hududiy shtablar ushbu maʼlumotlarni o‘z hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kunda Muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;
Muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan maʼlumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga Hududiy shtab aʼzosining masʼul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtiradi.
Shuningdek, 2022-2023-yillarda respublika bo‘yicha jami 827 780 nafar (shundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini taʼminlash nazarda tutilgan.
2022-yil 1-avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda (2022-yil 1-noyabrdan respublikaning boshqa barcha mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.
Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHMning 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.


