1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi

Sportchining o‘zi aybsiz ekanini ta’kidlagan.

Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi

 

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiyada sud hay’ati tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi. Qayd etilishicha, mazkur voqea 2018-yil dekabrda sodir bo‘lgan. Ayolning aytishicha, Makgregor Dublindagi “Beacon” mehmonxonasida uni zo‘rlagan va kaltaklagan. Ekspertizada ayolda ko‘karish va shilinish izlarini aniqlagan.

 

Makgregor o‘zining aybsiz ekanini ta’kidlagan. UFC jangchisining aytishicha, ayol bilan o‘rtasidagi munosabatlar uning roziligi bilan sodir bo‘lgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Makgregor jabrlanuvchiga 250 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Mazkur ish jinoiy tartibda emas, balki fuqarolik sudi doirasida ko‘rib chiqilgan – bu Makgregorga qamoq jazosi tahdid solmaganini bildiradi.

 

Dastlabki tergov bilan shug‘ullangan Irlandiya prokuraturasi Makgregorga nisbatan ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan, chunki unga nisbatan jinoyat ishi ochish uchun yetarlicha dalillar topilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика