1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytiriladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida maʼlum qildi.

Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytiriladi

 

Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalari haqida so‘zlab berdi.

 

“Muallimlarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, ularning ko‘p yillik ish staji uchun ilk bor ustama haqi to‘lash tizimi joriy etiladi.

 

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.

 

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

 

O‘qituvchilarga har yili sihatgohlarda sog‘lig‘ini tiklashi uchun imtiyozli yo‘llanmalar beriladi. Shuningdek, har yili 1 ming nafar muallim stajirovka o‘tash uchun xorijga yuboriladi”, — dedi nomzod.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика