1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

SSV bu bo‘yicha ota-onalarga tavsiyalar eʼlon qildi.

Maktab sumkasini tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli haftalar qoldi. Hozirdanoq bozoru do‘konlarda o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar savdosi avjida. Bunday vaziyatda eng ko‘p xarid qilinadigan mahsulotlardan biri — maktab sumkalari!

 

Ammo ko‘pchilik bolalar ularni tanlashda portfelning tashqi ko‘rinishiga, ota-onalar esa chidamliligi, qulayligi hamda bahosiga alohida eʼtibor qaratishadi. Xo‘sh, bu borada tibbiyot mutaxassislarining tavsiyalari qanday?

 

— Noto‘g‘ri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar maktab yoshidagi bolalarning umurtqa pog‘onasi hamda mushaklari uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi, — deydi mutaxassis. — Bu holat kelgusida skolioz kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

 

Maktab sumkasi bolaning orqa qismiga qulay joylashadigan o‘lchamda, tasmalari yelka qismiga botmaydigan keng va yumshoq yostiqchali qoplamalar bilan taʼminlangan bo‘lishi lozim.

 

Matosi suv o‘tkazmaydigan, orqa astari esa yupqa bo‘lmasligi kerak. Aks holda, sumka ichidagi qattiq buyumlar, kitoblar jildining burchaklari kuraklar hamda bel sohasida og‘riq va jarohatlarni keltirib chiqarishi xavfi bor.

 

Ryukzaklarni ikki yelkaga baravar osish tavsiya etiladi. Bu og‘irlikning tana bo‘ylab muvozanatli taqsimlanishiga xizmat qiladi va umurtqa pog‘onasi egriligi bilan bog‘liq patologiyalar kelib chiqishidan asraydi.

 

Maktab sumkasi beldan pastga tushmagan holatda, lekin undan 5 santimetrdan kam bo‘lmagan uzunlikda taqib yurilishi maqsadga muvofiq.

 

Ryukzakning umumiy og‘irligi bola vaznining 10-15 foizidan oshmasligi kerak. Bu meʼyor kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun taxminan 3-5 kilogramm, o‘rta sinfdagi bolajonlar uchun 6-8 kilogrammga teng.

 

Sumkaga o‘quv qurollari va jihozlarini joylashtirish ham muhim jarayon. Jumladan, og‘ir narsalar ryukzak o‘rtasiga, yengillari har ikki tomoniga muvozanatli solingani maʼqul.

 

Qolaversa, katta hajmdagi, og‘ir va noqulay ryukzaklardan foydalanish bolajonlarning zinapoya va yo‘laklarda yiqilish xavfini oshiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика