Aniqlanishicha, shu kabi holatlardan biri Chust tumanidagi 69-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan. Hozirda taʼlim maqsadlariga zid ravishda maktabda taʼlim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlar tashkil etganligi uchun direktor J.T. ga intizomiy chora qo‘llanilib, u lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, yana bir holat Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 11-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham yo‘l qo‘yilgan. Bunga yo‘l qo‘ygan maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi vazifasini bajaruvchi A.Z. ga ham tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u vazifasidan ozod etilgan.
Hozirda MMTV rahbariyati tomonidan taʼlim muassasalarida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish yuzasidan respublikaning barcha hududiy maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmalariga tegishli topshiriqlar berilgan.


