1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi

Prezident sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Bugungi kunda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. So‘nggi besh yilda 422 ta davlat bog‘chasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming o‘rin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 72 foizga yetgan.

 

Shu bilan birga, joylarda o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda aholi bog‘chalarni yana-da ko‘paytirish istagini bildirgan. Shunga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim jarayonini yangi tartibda tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

 

Taqdimotda maktabgacha taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, bog‘chalarda sifat va qamrovni oshirish, bu borada ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish choralari haqida axborot berildi. Xususan, aholisi zich yoki qamrov ko‘rsatkichi past bo‘lgan hududlarda yangi davlat bog‘chalari quriladi hamda xususiy sektor kengaytiriladi. Kam quvvatda ishlayotgan maktablarda tayyorlov guruhlari tashkil etiladi.

 

Davlat rahbari bu soha ayollarga yengillik yaratish va farzandlar tarbiyasida muhim ekaniga alohida eʼtibor qaratdi.

 

Mutasaddilarga taʼlim sifatini yaxshilash, dasturlarni takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика