1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Maktablarda anʼanaviy shaklda darslar boshlangani kasallikni yana-da avj olishiga olib kelmaydimi?

Bugun, 6 sentyabr kuni mamlakatimizdagi 10 083 ta umumtaʼlim maktabida anʼanaviy shaklda darslar boshlandi. Xo‘sh, bu jarayon koronavirusning bolalar o‘rtasida keng tarqalishiga turtki bo‘lmaydimi? Mazkur savolning javobi ko‘pchilik ota-onalarni qiziqtirayotgani tabiiy.

Maktablarda anʼanaviy shaklda darslar boshlangani kasallikni yana-da avj olishiga olib kelmaydimi?

 

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qachonki bolalar va ularning murabbiylari hamda ota-onalar karantin qoidalariga rioya qilmasa, bu omil kasallik tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, har bir maktabda bolalar salomatligi va holatini nazorat qiluvchi filtrlar mavjud. U yerda o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanadi. Bolalar maktabga niqobda borish, qo‘llarni sovunlab yuvish kabi qoidalarga to‘liq rioya qilishi zarur.

 

“Bolalarga tushlik uchun ota-onalar uydan imkon qadar vitaminlarga boy ovqatlarni berib yuborishlari maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, o‘quvchilarda ko‘proq suyuqlik ichish imkoni bo‘lishi kerak. Ota-onalar farzandlariga maktabdan qaytgach, albatta, yuz-qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvishi zarurligini o‘rgatishi lozim. Shuningdek, bolalar uyda ustki kiyimlarini yechganlaridan keyin, tomoq va burunlarini oddiy iliq suvda 2-3 marta chayganidan so‘nggina oila aʼzolari yoniga kirsalar, ularni himoyalagan bo‘ladi”, - deydi Sevara Ubaydullayeva.

 

Shu o‘rinda, mamlakatimizda vaksinatsiya jarayonlarining dastlabki bosqichlarida xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini emlashga bejiz alohida eʼtibor qaratilmaganligini taʼkidlash kerak. Hozirda maktab o‘qituvchilari va boshqa xodimlarning deyarli barchasi vaksina olgan. Tabiiyki, bu ularning COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoyalanganligini bildiradi.

 

Maʼlumot o‘rnida, 2021 yil 5 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 160511 (+640) nafarni tashkil etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика