1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Maktablarning kadastr maʼlumotlari ham Uz kad tizimiga kiritilmoqda

Ish Surxondaryodan boshlandi.

Maktablarning kadastr maʼlumotlari ham Uz kad tizimiga kiritilmoqda

 

Prezidentimizning 2022 yil 24 avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (Uz kad) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri hamda ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan.  

 

Shunga muvofiq viloyatda Kadastr xodimlari tomonidan joriy yil 1 yanvar holatiga 57 ming 122 foydalanuvchiga tegishli yer maydonlarining 1 million 178 ming 161 gektari Uz kad tizimiga kiritilib, elektron xaritasi yaratildi. Bu yil maktablarning kadastr maʼlumotlari ham to‘liq Uz kad tizimiga kiritiladi.  

 

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi matbuot kotibi Bexruz Safarovning xabar berishicha, janubdagi vohada 1 ming 176 ta umumtaʼlim maktabi va ularning filiallari mavjud. Endilikda Uz kad tizimiga mazkur maktablarning joylashgan manzillari, yer maydoni, maktabdagi binolar soni, yer fondi toifasi, kadastr raqami va boshqa muhim maʼlumotlari joylashtirilmoqda.  

 

Viloyatda ijtimoiy soha obyektlarining Uz kad tizimiga kiritilayotgani mazkur obyektlarning yagona elektron bazasini yaratishga xizmat qilmoqda.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика