Pedagog xodimlar egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi uchun asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirishga chiqishi zarur.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq pedagog xodimlar asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi.
Pedagog xodim o‘z vaqtida malaka oshirish kurslariga chiqmasa egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi.
Shu sababli pedagog xodimning taʼlim muassasasida o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.


