1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Malayziyada o‘zbekistonliklarni shahvoniy ekspluatatsiyaga jalb etgan jinoiy guruh ushlandi

Guruh Telegram orqali ish va’dasi bilan qizlarni chet elga yuborib, ularni majburiy mehnat va ekspluatatsiyaga majbur qilgan.

Malayziyada o‘zbekistonliklarni shahvoniy ekspluatatsiyaga jalb etgan jinoiy guruh ushlandi

 

 

Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti tomonidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida odam savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1971-yilda Tojikistonda tug‘ilgan ayol jinoiy guruhga rahbarlik qilgan. U O‘zbekistondagi sheriklari orqali Telegram’da Kuala-Lumpurdagi restoranlarda ishlash taklifi bilan e’lonlar joylashtirib, fuqarolarni chet elga yuborishni tashkil etgan.

 

Guruhning Toshkentdagi a’zolari ish izlab murojaat qilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni yuqori maosh, bepul yashash joyi va oziq-ovqat bilan ta’minlash va’dasi bilan Malayziyaga jo‘natgan. Ammo yetib borgach, qizlar shahvoniy ekspluatatsiyaga majbur qilingan, yigitlar esa va’da qilingan sharoitlardan mahrum etilib, majburiy mehnatga jalb qilingan.

 

Shuningdek, jabrlanuvchilarning ishchi vizalari rasmiylashtirilmagan, maosh to‘lanmagan va pasportlari olib qo‘yilgan. Hozirga qadar ushbu jinoiy guruhdan jabrlangan kamida sakkiz nafar shaxs aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика