1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Maldiv orollaridagi yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi

Hodisa muhnat muhojirlari yashagan binoda yuz bergan.

Maldiv orollaridagi yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi


Payshanba kuni Maldiv orollari poytaxti Male shahridagi garajda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lum qildi.

 

Yonib ketgan garaj binoning birinchi qavatida joylashgan, ikkinchi qavatida mehnat muhojirlari yashagan. Polisiyaning aytishicha, ular Bangladesh, Hindiston va Shri-Lankadan kelgan.

 

Olovni o‘chirish uchun o‘t o‘chiruvchilarga bir necha soat kerak bo‘ldi. O‘t o‘chirish va qutqaruv xizmatining ma’lum qilishicha, binodan 28 kishi evakuasiya qilingan, 10 kishi halok bo‘lgan.

 

Rasmiylarning aytishicha, qurbonlarning jasadlari qattiq kuygan, bu esa shaxsini aniqlashni qiyinlashtirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика