Maymunchechak AQSHning barcha 50 shtatiga tarqaldi. ABC News xabariga ko‘ra, 22 avgust kuni Vayomingda ushbu kasallik tarqaldi.
Bu shtat mamlakatda maymunchechak aniqlanmagan yagona hudud bo‘lib qolayotgandi. AQSH kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazining maʼlum qilishicha, butun Qo‘shma Shtatlar bo‘yicha 15433 kishida ushbu virus aniqlangan. Nyu-York (2910 holat), Kaliforniya (2663 holat) va Florida (1588 holat) kasallanish bo‘yicha yetakchi.
Maymunchechak bahordan boshlab keng tarqala boshladi. Butun dunyo bo‘ylab 35 kishi ushbu kasallikka chalingan.
Avvalroq AQSHning ikki shtatida maymunchechak tufayli favqulodda holat eʼlon qilingandi.


