
Shartnomaga muvofiq futbolchi Manchester klubiga o‘tgan taqdirda 15 million yevro oylik oladi. Bundan avval Ronaldu «Manchester Citi»ga o‘tishi haqida klubning ayrim futbolchilari bilan gaplashgani haqida xabar berilgan edi.
Ronaldu yarim himoyachi Bernardu Silva bilan almashtirilishi mumkin. Bundan tashqari avgust oyi o‘rtasida ommaviy axborot vositalarida Ispaniyaning “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ronalduni Madrid klubiga qaytarish rejasi borligi haqida xabar tarqalgan edi. Lekin keyinchalik Ronaldu bu xabarni inkor etdi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 2018 yilning yozida 115 million yevro evaziga “Real”dan »Yuventus" klubiga o‘tgandi.
Avvalroq, futbolchining Oltin to‘p yutmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Jamshid Amirov


