“Real”ning braziliyalik legioneri Rodrigo Madridni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Mohir hujumchiga xaridorlar ham ko‘p. Xususan, “Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini 22 yoshli futbolchi yordamida kuchaytirishni rejalashtirgan.
“Qirollik klubi” kelasi mavsum hujum chizig‘iga mashhur o‘yinchilardan birini olib keladi. Madridliklar ro‘yxatida Kilian Mbappe, Erling Holand, Viktor Osimxen bor. Shuningdek, braziliyalik Endrikning transferi hal qilib bo‘lingan. O‘z-o‘zidan Rodrigoga beriladigan o‘yin vaqti sezilarli darajada qisqaradi. Qolaversa, “Real” rahbariyati hujumkor futbolchi qayd etayotgan ko‘rsatkichlarga e’tiroz bildiryapti.
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari Rodrigo uchun kurashdagi raqobatchilarini ortda qoldirish maqsadida madridliklarga 100 million yevro to‘lashga tayyor.


