1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Maqsuda Vorisova Alisher Qodirovga “vizov” tashladi

Bugun saylovoldi kompaniyasida bir-birini ayblash emas, g‘oyaviy kurash olib borish muhim. Saylovchiga shu kerak.

Maqsuda Vorisova Alisher Qodirovga “vizov” tashladi

 

 

O‘zbekiston XDPdan Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova "Milliy tiklanish" Demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov to‘g‘risida fikrlar bildirdi:

 

Bugungi gapi ertaga to‘g‘ri kelmaydigan “Milliy tiklanish”ning “so‘zamol” nomzodi har doimgidek oson, yengil yo‘l qidirayotganga o‘xshaydi. G‘oyaviy-mafkuraviy kurashning uddasidan chiqa olmagani uchun boshqa partiyalarning nomzodlariga, ularning shaxsiyatiga tashlanib ko‘rdi.

 

Bahsli chiqishlardan keyin “Milliy tiklanish” nomzodining reytingi pastga sho‘ng‘ib boryapti. O‘zbekiston siyosiy sahnasida birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan tajribali partiyamizga eski davrni qo‘msash aybini qo‘yishga uringanlar niyatiga erisholmay, endi “Adolat” SDPning siyosat maydonida tajribasizroq rahbari, partiya nomzodini debatga, yaʼni bahs-munozaraga chorlabdi. Bu maqtaniladigan xususiyat emas.

 

Bugun saylovoldi kompaniyasida bir-birini ayblash emas, g‘oyaviy kurash olib borish muhim. Saylovchiga shu kerak.

 

Siyosiy raqobatda muqaddam kuzatilgan “sahna asarlari”ning hech kimga keragi yo‘q. O‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqarishimiz shart. Saylovchiga amaliy dasturlar suv va havodek zarur. Shu sababli xalqimiz Prezident saylovini katta umidlar bilan kutayapti.

 

Bugungi saylovchi kechagi saylovchi emas. Debatlar masalasi faol jamoatchilik tomonidan eng ko‘p so‘ralayotgan savollardan bo‘layotgan ekan, biz bu chaqiriqqa javob berishimiz kerak, deb o‘ylayman.

 

Faqat siyosiy munozarada o‘zidan keyinroqdagi raqiblarga emas, oldiroqda turgan raqiblarga qarab intilgan maʼqul.

 

 

Maqsuda Vorisova,

Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика