1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Mardlik daʼvosidagi nomardlik

4-mart kuni OAVda “O‘zbek kinochisi “Sevimli” atrofidagi manfaatlar to‘qnashuvi qurboni bo‘lganini daʼvo qilmoqda” nomli surishtiruv eʼlon qilindi. Unda kinoprodyuser X.Muratov go‘yoki manfaatlar to‘qnashuvi qurboniga aylanganini va “xiyla-nayrang tuzog‘iga” tushib qolganini iddao qilgan. Ammo faktlar va raqamlar vaziyatning butunlay boshqacha ekanini ko‘rsatadi.

Mardlik daʼvosidagi nomardlik

 

4-mart kuni OAVda “O‘zbek kinochisi “Sevimli” atrofidagi manfaatlar to‘qnashuvi qurboni bo‘lganini daʼvo qilmoqda” nomli surishtiruv eʼlon qilindi. Unda kinoprodyuser X.Muratov go‘yoki manfaatlar to‘qnashuvi qurboniga aylanganini va “xiyla-nayrang tuzog‘iga” tushib qolganini iddao qilgan. Ammo faktlar va raqamlar vaziyatning butunlay boshqacha ekanini ko‘rsatadi.

 

Bugungi kunda “MY FILMS” MCHJ rahbari  “Master Media Production and Broadcast” MCHJ ("Sevimli" telekanali) "Orzular palatasi" serialini suratga olish bilan tuzilgan shartnoma shartlarini qo‘pol ravishda buzib, berilgan mablag‘ni maqsadsiz sarflab, uni qaytarmaslik hamda sudning xal qiluv qarorini bajarmaslik maqsadida turli OAV orqali go‘yoki o‘zidan jabrdiyda yasamoqda. Mazkur MCHJ rahbarining qonunga zid xatti-harakatlari, jamoatchilik fikrini boshqa masalalarga burib, shu yo‘l bilan javobgarlikdan qutilib qolmoqchiligi kunday ravshan.

 

O'z navbatida “Ozodlik” radiosining YouTube kanalida e'lon qilingan "surishtiruv" materialida noxolislik va noprofessionallikka yo‘l qo‘yilganini ko‘rish mumkin. Unda faqat bir tomonning munosabati berilgan va shu asosida xulosa chiqarilgan. Serial xarajatlari haqidagi raqamlar va qismlar haqida ma'lumotlar ham noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Ushbu holat bo‘yicha “Ozodlik” "Sevimli" telekanalidan munosabat olmagan. Bu holat bo'yicha hatto sud majlisi bo'lib o'tgani va uning hal qiluv qarori chiqarilgani haqida hech qanday ma'lumot ko'rsatilmagan.

 

“Orzular palatasi” seriali 2022 yil 16 may kunidan boshlab, 17-30 da “Sevimli” telekanali efirida namoyish etish boshlangan. Biroq Kutilganidek, serial tomoshabin yig‘a olmadi. Serialning o‘rtacha reytingi 0.4-0.5 atrofida bo‘ldi. Solishtirish uchun o‘sha davrda milliy seriallarning o‘rtacha reytingi 2.5-3 atrofida edi. Serialning namoyishi muvaffaqiyatsiz bo‘lgach, uning efir talablariga butunlay javob bermagani, telekanalning kinotahririyat bo‘limiga mazkur serialning 60-qismi  (50-ta efir varianti, 10 ta dublyajsiz, efir talabiga javob bermaydigan qismlari) topshirilgani, badiiy jihatdan nihoyatda saviyasiz suratga olingani, shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda serial to‘liq topshirilmagani (Shartnoma bo‘yicha «ORZULAR PALATASI» serialning barcha 60 ta qismini  10.05.2022 yilda topshirishi belgilangan) uchun uning efirini to‘xtatish qaroriga kelinib, efirdan olib tashlangan.

 

“Master Media Production and Broadcast” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020 yilning 25 dekabr kuni “MY FILMS” MCHJ bilan tuzgan 48-sonli shartnomasiga muvofiq , “MY FILMS” 1.200.000.000 so‘m (bir milliard 200 million so‘m) evaziga 60 qismli “Orzular palatasi” serialini suratga olish majburiyatini olgan. Bunda har bir qism uchun 20 million so‘m to‘lab berish ko‘zda tutilgan. (X.Muratov intervyuda buni 30 million deb aytib o‘tgan).

 

“Ozodlik” materialida shartnoma summasi 3 milliard so‘m qilib ko‘rsatilgan. Serial esa jami 100 qismdan iborat bo‘lishi aytilgan. (aslida 60 ta qism).

 

“MY FILMS” MCHJning 2022 yil 2 fevral kungi 67/04-sonli murojaat xatiga asosan, asosiy shartnomaga qo‘shimcha 1-son “Qo‘shimcha kelishuv” bitimi tuzilgan. Unga asosan, mazkur MCHJ serial qismlarini 80 taga uzaytirishi, har bir qism 23 million so‘mdan suratga olinishi belgilangan. (jami 1 milliard 840 million so‘m).

 

2022-yilning 10-may kuni “MY FILMS” MCHJ 67/18-sonli murojaat xati bilan chiqqan. Shu asosda asosiy shartnomaga qo‘shimcha 2-son “Qo‘shimcha kelishuv” bitimi imzolangan. Unga ko‘ra, serial qismlari 80 tadan 60 taga qisqartirilib, shartnomaning jami summasi 1 milliard 380 million so‘mga kamaytirilgan.

 

67/18 murojaat xatida “MY FILMS” “Master Media Production and Broadcast” tomonidan “MY FILMS” MCHJ hisobiga 25.12.2020 kungi №48-son shartnomaga bo‘yicha jami 1 milliard 680 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berilganini, shundan serialning 60 ta qismi uchun 1 milliard 380 million so‘mni, QQS bilan tashkil etishini, shundan ishlatilmay qolgan 300 million so‘mni 2022 yilning 10 iyuliga qadar qaytarishga kafolat bergan.

 

Lekin “MY FILMS” MCHJ 60 ta qism o‘rniga 50 ta qism yetkazib bergan va bu 1 milliard 150 million so‘mni tashkil etgan. Shunga asosan, mazkur MCHJning “Master Media Production and Broadcast” oldidagi qarzi jami 530 million so‘mni tashkil etgan.

 

“Master Media Production and Broadcast” MCHJ shartnomaning bajarilmagan bandlari yuzasidan “MY FILMS” MCHJ ustidan sudga murojaat qilgan. Sudda ishtirok etgan X. Muratov “Master Media Production and Broadcast” daʼvosini qisman tan olgan. Shu bilan birga, u korxonaning moliyaviy ahvoli og‘irligi sababli to‘lovni amalga oshirmaganini aytib o‘tdi.

 

O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent viloyati vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Hakamlik sudining 2023 yil 24 fevral kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra, “Master Media Production and Broadcast” MCHJ foydasiga “MY FILMS” MCHJdan 530 million so‘m asosiy qarz va 51 million 500 ming so‘m penya undirish belgilangan.

 

X.Muratov shartnoma shartlarini to‘liq bajarmagani va mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib bermaganini aytmagan.

 

Eng muhimi — X.Muratov sud qarori haqida umuman gapirmagan. Xolbuki, u daʼvogar tomon (“Master Media Production and Broadcast” MCHJ) daʼvolarini qisman tan olgan.

 

Xolis axborot berish — jurnalistikaning eng muhim talabi. Bu omilsiz har qanday surishtiruvlar — ular qay darajada hissiyotlarga boy bo‘lmasin, bir yoqlama subyektiv fikr bo‘lib qolaveradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика