1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Markaziy bank ikkita tijorat banklar litsenziyasini bekor qildi

Ularda "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunning 54 va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etilgan.

Markaziy bank ikkita tijorat banklar litsenziyasini bekor qildi

 

Markaziy bank “HI-TECH BANK” va “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib oldi.

 

Aytilishicha, Turkistonbank aktivlar hajmi bo‘yicha respublika bank tizimida 26-o‘rinni, Hi-tech bank esa 29-o‘rinni egallagan.

 

Har ikki bank tomonidan "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunning 54 va 77-moddalarida belgilangan quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilgan:

 

bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi;

Regulyativ kapitalining ellik foizidan ortiq miqdorda zarar ko‘rganligini;

bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;

buxgalteriya hisobining hisobotga oid maʼlumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi;

bank faoliyatidagi qo‘pol qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi Markaziy bank ko‘rsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi;

jiddiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qo‘llanilganidan keyin xuddi shunday qoidabuzarlikni takroran sodir etilganligi sababli “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi ushbu qarorni qabul qildi.

 

“Aholining banklardagi omonatlari Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan to‘liq kafolatlanganligi munosabati bilan omonatchilarning barcha mablag‘lari, birinchi navbatda, 2 oydan so‘ng to‘liq qaytariladi”, deyiladi xabarda.

 

Hozirda Markaziy bankda "Turkistonbank" va Hi-tech bank‘ni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlandi va "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga asosan bank ishlarini boshqarish bo‘yicha, shu jumladan, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va boshqaruvi vakolatlari ushbu komissiyaga o‘tdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика