1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Markaziy Osiyo va Germaniya muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirishdan manfaatdor

Polshada Markaziy Osiyo va Germaniya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo va Germaniya muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirishdan manfaatdor

 

YEXHT tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida "Markaziy Osiyo va Germaniya Federativ Respublikasi" vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi xabar berdi

 

"Kun tartibiga Markaziy Osiyodagi hamkorlik, Afg‘onistondagi xavfsizlik, iqlim o‘zgarishining mintaqa iqtisodiyotiga taʼsiri va boshqa masalalar kiritildi. Alohida eʼtibor Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlari xamkorligiga, xususan, mintaqalararo savdo va Yevropa Ittifoqining Global Gateway dasturi doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratildi", — deyiladi TIV xabarida.

 

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi transport-tranzit sohasida hamkorlik masalasi so‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar fonida yana-da dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini qayd etgan. Tomonlar muqobil transport yo‘laklari, jumladan, Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanini taʼkidlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика