Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 296 kishiga yetdi, 153 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Marokash axborot agentligi IIV ma’lumotlariga tayanib.
Avvalroq 93 qurbon haqida xabar berilgan edi.
Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Marokashda 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan.
«Zilzila 296 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 153 kishi ham jarohat oldi», — deyiladi agentlik bayonotida.


