Olimlar Mars yuzasida yangi kraterni aniqladilar. Buni Arizona universiteti olimlari Qizil sayyora atrofida aylanib yuruvchi "Mars Reconnaissancye Orbiter" kosmik apparati suratlarini o‘rganayotganda ko‘rishgan.
Taxminlarga ko‘ra, Qizil sayyoraning landshafti zarba kraterlarini qoldiradigan kosmik jinslarning ta’sirida o‘zgaradi. Aynan shu yangi obyekt olimlar tomonidan kashf etilgan.
Dastlab, MRO kosmik apparati CTX kamerasidan foydalangan holda Mars landshaftidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi turli anomaliyalarni qidiradi.So‘ngra batafsilroq tasvirlar olishi mumkin bo‘lgan HiRISE kamerasi yordamida qurilma o‘zgarishlarga uchragan ayrim hududlarni tekshiradi. Koinot kemasidan olingan ma’lumotlar tufayli olimlar yiliga 200 ga yaqin kosmik jinslar Marsga tushishini aniqladilar, ammo bular asosan kichik ta’sirlardir.
Shu bilan birga, kraterning kattaligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo tasvir muzning mavjudligini bilish mumkin bo‘lgan yorqin joylarni ko‘rsatadi.


