1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Mars sayyorasidan tuproqning birinchi namunasi olindi

Bosh muhandis Adam Stelsnerning aytishicha, Perseverance roveri Qizil sayyoradagi tuproqning birinchi namunasini olishga erishdi.

Mars sayyorasidan tuproqning birinchi namunasi olindi

 

 

 

“Bizda namuna bor! Men hech qachon toshdagi tuynukni ko‘rganimdan bunchalik baxtli bo‘lmaganman”, — deb yozadi u o‘zining Twitterdagi sahifasida.

 

Shuningdek, u qaydlarida kosmik apparat tomonidan olingan suratni ilova qilgan. Suratda sayyoradan olingan chang namunalari orasida katta tosh va uning ichida dumaloq qora tuynuk ko‘rinib turibdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning “Perseverance” roveri fevral oyining o‘rtalarida Marsga muvaffaqiyatli qo‘ngandi.

 

22 aprel kuni maʼlum bo‘ldiki, rover birinchi marta Qizil sayyora atmosferasidan kislorod olishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Kosmik apparatga Qizil sayyoradagi tosh va tuproqning ilk namunalarini yig‘ish vazifasi yuklatilgan. Namunalarni o‘rganish uchun Yerga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика