Mars sayyorasini o‘rganayotgan olimlar unda eshikka o‘xshash noodatiy teshikni aniqladi. Bu haqda NASA veb-saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, tasvir “Curiosity” roveri tomonidan 7 may kuni suratga olingan.
Tadqiqotchilar hozircha bu teshikning kelib chiqishini tushuntira olmayapti. Dastlabki taxminlardan biriga ko‘ra, “eshik” Qizil sayyorada uch kun avval, 4 may kuni sodir bo‘lgan zilzila natijasida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


