Yengil vaznda yangi UFC chempioni rossiyalik jangchi Islom Maxachev “EA UFC 4” simulyatsiya o‘yinida eng yuqori baholangan jangchilardan biriga aylandi.
Maxachev bu borada oltinchi jangchi bo‘ldi. Undan tashqari ro‘yxatga amerikalik Jon Jons, rossiyalik Habib Nurmagomedov, yangi zelandiyalik Isroil Adesanya, braziliyalik Amanda Nunes va Qirg‘iziston vakili Valentina Shevchenko kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabidagi (BAA) UFC 280 turniridagi so‘nggi jangida Maxachev braziliyalik Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.


