Rossiyada dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgan maymunchechak kasalligi aniqlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
“Rospotrebnadzor” maʼlumotiga ko‘ra, kasallik Yevropada bo‘lib qaytgan yigitda qayd etilgan.
«Rossiyada maymunchechakning birinchi holati tasdiqlandi. Kasallik Yevropa safaridan qaytgan va o‘ziga xos toshma bilan tibbiy muassasaga murojaat qilgan yigitda aniqlangan», — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, kasallik yengil va bemorning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. U izolyatsiya qilingan va yuqumli kasalliklar bo‘yicha tibbiy tashkilotda davolanmoqda.


