
Taʼkidlanishicha, park 132 beton ustun ustiga qurilgan. U Gudzon daryosi bo‘yida joylashgan. Little Island loyihasi g‘oyasi Britaniyalik dizaynerga tegishli. Qurilishga 260 million dollar sarflangan. Uni mahalliy tadbirkor Barri Diller va uning rafiqasi, modeler-dizayner Dayan fon Fyurstenberg moliyalashtirdi.
Bog‘ning qurilishi 2016 yilda boshlangan. Biroq, u Nyu-York jamoat tashkiloti bilan o‘tkazilgan sud jarayoni tufayli kechiktirildi.
Kichik orolda yo‘lkalar, daraxtlar, qahvaxona va barlar bor. Yaqin orada orolda tungi klub ochish rejalashtirilgan.


