1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

MDH davlat rahbarlari oktabrda Bishkekda uchrashadi

Bu haqda Qirg‘iziston TIV maʼlum qildi.

MDH davlat rahbarlari oktabrda Bishkekda uchrashadi

 

Bishkekda 13 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Asein Isayev maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar berdi.

 

Joriy yilda Qirg‘iziston MDH organlariga raislik qilmoqda. Asein Isayevning so‘zlariga ko‘ra, Hamdo‘stlikda to‘rtta nizom organi mavjud bo‘lib, ulardan eng muhimi Davlat rahbarlari kengashidir.

 

"Sammit 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va u maʼqullandi. MDHga aʼzo davlatlarning barcha rahbarlari Bishkekda yig‘iladi. Prezidentimiz Sadir Japarov hamkasblarini qabul qiladi", — dedi Isayev.

 

Vazir o‘rinbosarining maʼlum qilishicha, Japarov Qirg‘iziston MDHga qanday raislik qilgani haqida maʼlumot beradi.

 

Bundan tashqari, 12-oktabrda Tashqi ishlar vazirlari, 26-oktabrda esa Hukumat rahbarlari kengashlarining majlisi bo‘lib o‘tadi, deya qo‘shimcha qilgan diplomat.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика