Mehnat yarmarkasida universitetning 500 ga yaqin talabalari va 20 dan ortiq tele va radio yo‘nalishi bo‘yicha tashkilotlar hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutasaddilari ham qatnashdi, deya xabar beradi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.
Qayd etish kerak, joriy yilning 4 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda talabalar bandligini taʼminlash, ularning daromad topishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilangan edi.
Bu yil O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini ilk bitiruvchilar tamomlaydi. Bugun tashkil etilgan mehnat yarmarkasida axborot sohasidagi o‘nlab muassasalar 100 nafardan ortiq talabani o‘z tashkilotiga ishga qabul qilish taklifini berdi.
Taʼkidlash joiz, joriy yilning aprel oyida AOKA hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari hamda kutubxonalar vakillari ishtirokida mehnat yarmarkasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


