1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Meksikada 45 qop jasad topildi

Mamlakatda fuqarolarni bedarak yo‘qolish holatlari juda ko‘p uchrashdi. Hukumat rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda Meksikada 100 000 dan ortiq odam g‘oyib bo‘lgan.

Meksikada 45 qop jasad topildi

 

Meksika g‘arbidagi Gvadalaxara shahri chetidagi jarlikda qidiruv olib borayotgan rasmiylar inson jasadlari qoldiqlari solingan 45 ta qopni topishdi. Ular o‘tgan hafta bedarak yo‘qolgan yetti fuqaroni qidirayotgan bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

 

Qoplarda erkaklarning ham, ayollarning jasadlari qoldiqlari bo‘lgan, ular necha insonga tegishli ekani hozircha aniq emas. Rasmiylar qidiruv hali yana bir necha kun davom etishini maʼlum qilishgan.

 

Hozirda jami jasadlar soni, ular kimlar va o‘limlariga nima sabab bo‘lgani kabi maʼlumotlarga aniqlik kiritimoqda. Shuningdek, g‘oyib bo‘lgan yetti insonning qayerdaligini izlash ham davom ettiriladi.

 

Jasadlar qanday qilib jarlikka tashlab ketilgani noaniq bo‘lsa-da, Meksikada insonlarning g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘p uchraydi. Hukumat rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatda 100 000 dan ortiq odam g‘oyib bo‘lgan, ularning aksari uyushgan jinoiy guruhlarning qurbonlari bo‘lishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика