1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Meksikada tungi klub balkoni qulab tushdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Meksikada tungi klub balkoni qulab tushdi

Meksikaning San-Luis-Potosi shahridagi tungi klubning balkoni olti metr balandlikdan qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana o‘n besh kishi jarohatlandi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, besh nafar jabrlanuvchi og‘ir yaralangan va ular reanimatsiyada.

 

Shahar hukumati klub joylashgan savdo markazi jamoatchilikka yopiq ekanligini aytdi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ommaviy tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazishga ruxsat bermagan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика