Meksikaning Irapuato shahridagi barda noma’lum qurolli shaxslar o‘tishma sodir etdi, deya yozmoqda “Al Jazeera” nashri.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida 12 kishi, jumladan, olti ayol halok bo‘lgan va 3 kishi yaralangan. Hujumchilar voqea joyidan qochib ketgan.
Otishma sabablari noma’lum. Irapuato so‘nggi yillarda raqib narkotik to‘dalari o‘rtasidagi shafqatsiz otishmalar markaziga aylanib bormoqda.
Joriy oy boshida Meksikaning janubidagi Gerrero shtatida giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi guruhga aloqador bo‘lgan qurollangan shaxslar hujumida 20 kishi jumladan, shahar meri o‘ldirgan edi.


