1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Meksikadagi qamoqxonada qonli mojaro yuz berdi

To‘polon paytida mahbuslar qochib ketgan.

Meksikadagi qamoqxonada qonli mojaro yuz berdi

 

Meksikaning Syudad-Xuares shahridagi qamoqxonaga hujum uyushtirildi. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.

 

Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan va kamida 13 kishi jarohatlangan. Vafot etganlarning 10 nafari xavfsizlik xizmati xodimi, to‘rt nafari mahbus bo‘lgan.

 

Bosqin zirhli transport vositalarida amalga oshirilgan va oradan 5 soat o‘tib qamoqxonadagi vaziyat nazorat ostiga olindi. To‘qnashuvlar vaqtida 24 mahbus jazoni o‘tash muassasasidan qochib ketgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, voqeadan sal avval qamoqxonaga yaqin politsiya bo‘limiga ham hujum qilingan.

 

Maʼlumot uchun: Syudad Xuares dunyodagi eng xavfli shaharlardan biri hisoblanadi. U Meksika va AQSH chegarasi yaqinida joylashgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика