Dushanba kuni Markaziy Amerika va Karib dengizi fuqarolarini tashkil qiluvchi yana bir muhojirlar guruhi Chiapoas shtati orqali AQSHga yo‘l oldi.
Mutasaddilar bergan xabarlarga ko‘ra, bu kabi guruhlar kuniga o‘rtacha 8000 kishini tashkil qilmoqda. Shu sabab, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va mamlakat ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkasning chorshanba kuni noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilish maqsadida Meksikaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Kolumbiya va Markaziy Amerika orqali AQSH ga kelayotganlar soni bu yil yarim milliondan oshgan. O‘z navbatida, bu o‘tgan yilgi rekorddan ikki baravar ko‘p.


