"Agar siz "Real"da bo'lsangiz, tanqidlarga dosh berishingiz kerak. Agar siz shu yerda bo'lsangiz, buni hal qila olasiz. Har kuni "Real Madrid" libosini kiyib, uning naqadar yoqimli ekanligini his etasiz. Men hech qachon bunday narsani orzu qilmaganman”, dedi Bellingem.
Eslatib o'tamiz, Bellingem o'tgan yozda Madrid klubi futbolchisiga aylangandi. Angliyalik futbolchi "Real"ga Dortmundning "Borussiya" klubidan o'tgan edi. Joriy mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi “Los-Blankos” safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


