1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Menda Epshteyn hujjatlarini o‘rganishga vaqt yo‘q — Tramp

AQSh prezidenti Epshteyn ishi bo‘yicha e’lon qilingan hujjatlarni hali ko‘rib chiqmaganini, bunga davlat ishlari sabab vaqt yetishmasligini ma’lum qildi.

Menda Epshteyn hujjatlarini o‘rganishga vaqt yo‘q — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha e’lon qilingan hujjatlarni hali ko‘rib chiqmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, hujjatlar bilan tanishishga vaqti yo‘q. “Menda juda ko‘p vazifalar bor. Men doim ish bilan bandman”, — dedi Tramp jurnalistlarning savollariga javoban.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tibor mamlakatni boshqarish va jamoatchilikni amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilayotgan natijalar haqida xabardor qilishga qaratilgan.

 

Shuningdek, Tramp jamiyatda Epshteyn shaxsiga bo‘lgan qiziqishning keskin ortganidan hayratda ekanini bildirdi. Uning fikricha, moliyachi tirikligida keng jamoatchilik e’tiborida bo‘lmagan, biroq vafotidan so‘ng unga bo‘lgan qiziqish keskin kuchaygan.

 

Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar kuni AQSh Adliya vazirligi bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va zo‘ravonlikda ayblangan Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha 3 milliondan ortiq hujjatni maxfiylikdan chiqargan edi. Mazkur materiallarda Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampning ismlari ham tilga olingan. Arxivda, shuningdek, Epshteynning sobiq yordamchisi bergan ko‘rsatmalar ham mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика