1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Menga bir narsa alam qilyapti...”- Usmon Azim nimadan norozi? ─ Shoir va Sanjay o‘rtadagi mojaroni qanday izohlaydi?

Shoirning advokatlari Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza bergan.

“Menga bir narsa alam qilyapti...”- Usmon Azim nimadan norozi? ─ Shoir va Sanjay o‘rtadagi mojaroni qanday izohlaydi?

 

So‘nggi vaqtlarda piar uyushtirish sanʼatkorlar orasida urfga aylandi. Sababi, piar ularni qaysidir maʼnoda elga tanitadi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Karvon” sheʼrini muallifning roziligisiz ijro etgan Sanjayni sudga bergani haqida  xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda aytilishicha, sheʼr muallifi Usmon Azimning roziligisiz  asar yaxlitligini  buzgan holda ijro etib, internet tarmoqlariga joylashtirgan holda undan moddiy manfaat  ko‘rib kelgani aniqlangan. Shoirning advokatlari Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza bergan. Agentlik Sanjayga nisbatan mualliflik huquqini buzish bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudiga yuborgan.

Bu xabar qanchalik haqiqatga yaqin? Yoki bu ham galdagi piarmi?

Ushbu savolga aniqlik kiritish  maqsadida  O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan bog‘landik.

- Aytilgan  barcha gaplar rost, Darhaqiqat, “Karvon” sheʼrimni mening roziligimsiz ijro etgani uchun  advokatlarim tomonidan Intellektual mulk agentligiga ariza berganmiz.

Demak, siz Sanjay sheʼringizni qo‘shiq qilib kuylashiga ruxsat bermaganmisiz?   

- Yo‘q, unga rozilik bermaganman. Men ancha yillar oldin faqat Sherali Jo‘rayevga hech qanday shartnomasiz sheʼrimdan foydalanishiga o‘zim ruxsat berganman.

Menga yana bir narsa alam qilyapti - yaqinda teatrlarga borsa men haqimda turli buhtonlar  eshitdim.  Sheʼrimdan foydalanish  uchun ancha pul to‘lab qo‘yganmish, bu noto‘g‘ri xabar. Men undan hech narsa olmaganman.  

Mayli, shu qo‘shiqni so‘ramasdan aytibdi, hech bo‘lmasa ijtimoiy tarmoqlarga chiqib o‘zini piar qilmasin edi. To‘g‘risi, qo‘shiqni eshitib hayron qoldim.

- Sanjay Javberdiyev siz bilan bog‘lanishga harakat qildimi?

- Ha, menga qo‘ng‘iroq qildi. Unga ko‘rishib, gaplashib olaylik dedim, ammo u kelmadi,  agar kelganida  unga maslahat berib,  bu yo‘ldan qaytarar edim. Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib o‘rgatardim.

Hozirgi kunda ijodkorlar  judayam ko‘payib ketgan. Sanʼatkorlar ularning qo‘shig‘ini aytib chiqsa, xursand bo‘lib orqasidan yugurib yurishadi. Mualliflik  huquqi bor, mualliflar ijod qilgan, albatta qo‘shiqchilar bilan qonunan shartnoma qilinish  kerak. Aks holda, shu kabi  holatlar takrorlanaveradi.

Sanjay Javberdiyev

- Men “Karvon” sheʼri  aynan Usmon Azimga tegishli ekanligini bilmas edim. Bilganimda, albatta so‘rab olgan bo‘lardim. Men Sherali Jo‘rayevning o‘g‘ri Zohirshoh Jo‘rayevdan bir necha bor  qo‘shiqni kuylashim uchun  ruxsat so‘rab berishini itimos qilganman. Hatto uchrashuv uyushtirishni aytganman. Ammo u doim paysalga soldi. Oradan bir yil o‘tgach mening qo‘shig‘im ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu qo‘shiqni Ozoda Nursaidova ham aytgan, ammo menikidek ommalashmadi.  Agar meniki ham ommalashmaganda ular menga ham tegishmasdi. Men Usmon Azimning sheʼrini butun dunyoga tanitdim. Chet davlatlarda Sherali Jo‘rayevning emas, men aytgan talqindagi qo‘shiqni aytishyapti. Bu esa mening yutug‘im.  

- Aytishlaricha sizni “Karvon” sheʼri uchun avval ham sudga berishgan ekan?

- Ha, berishgan. O‘shanda sudda  “Karvon” sheʼri Usmon Azimniki ekanligi o‘z isbotini topmagan.  

- Siz Usmon Azim bilan o‘zaro kelishi maqsadida uchrashishga harakat qildingizmi?

- Ha,  ammo u  men bilan gaplashishni istamadi.

Yaqinda  menga  Shohjaxon Jo‘rayevning administratori  tomonidan  “Gulbadan” va “Atirgulim” qo‘shiqlari uchun  sudga berishlarini ham bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика